RSS новости
Играть онлайн в игры денди
 
Каталог / Разное
Ссылка на ленту:

SB.Uz :-: Shou-biznes olami

Загружается, подождите...

Yangi klip: Otabek Mutalxo’jaev — «Shokolatim mani»!!!

Otabek Mutalxo'jaev - Shokolatim maniO’zbek estradasi xonandasi, ajoyib ijodkor Otabek Mutalxo’jaev ijrodagi «Shokolatim mani» taronasini ko’plab musiqa shinavandalari sevib tinglashsa ajab emas. Mana oradan bir qancha muddat o’tgach Otabek ushbu taronasiga ham klip suratga tushirib muxlislari hukmiga havola qilishga qaror qildi.

Xushovoz xonanda Otabek Mutalxo’jaevning «Shokolatim mani» taronasiga klip suratga olish ishlari Amerika Qo’shma Shtatlarida bo’lib o’tdi. Trek asosida suratga olingan mazkur klip sizlarga manzur bo’ladi, degan umiddamiz. Quyida siz azizlar uchun klipdan olingan fotolavhalar va klipni ko’chirib olish yo’llanmasi taqdim etilmoqda.

Otabek Mutalxo'jaev - Shokolatim mani (6)

Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in


Yangi klip: «Benom» — «Ayt»!!!

Benom - AytXabaringiz bor o’zbek estradasining ajoyib juftligi, «Benom» guruhining xonandalari Sarvar va Komil shu yilning 15-16 fevral kunlari «Istiqlol» san’at saroyida o’zlarining ilk yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etishadi. Mana shu konsert dasturi oldidan «Benom»chilar tinimsiz izlanishdalar.

Har kuni yangi qo’shiqlar yozish va yangi klip suratga tushirib keng ommaga taqdim etish harakatidalar. Mana bugun biz portalimiz orqali siz azizlar uchun Sarvar va Komil ijrosidagi «Ayt» deb nomlangan qo’shiqa klipmeyker Khabi tomonidan suratga tushirilgan klipni taqdim etmoqdamiz. Bu klip davomiy bo’lib, bundan so’ng uning yana 2 qismi taqdim etilishi ko’zda tutilgan. Shunday ekan, klipdagi voqealar rivojini keyingi kliplarda ko’rishimiz mumkin. Hozircha esa birinchisini qarshi oling!

Benom - Ayt (30)

Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in


Tez kunda: «Koreadagi muhabbat»!!!

Koreadagi muhabbat afishaSo’nggi paytlarda ketma-ket yangidan yangi kinokartinalar prem’erasi bo’lib o’tmoqda. Deyarli, har kuni Alisher Navoiy kinosaroyida yangi film prem’erasiga guvoh bo’lmoqdamiz.  Iste’dodli rejissor Durdona To’laganova tomonidan suratga olingan «Korealik muhabbat» filmi ham tez kunlarda katta ekran yuzini ko’rishi kutilmoqda.

Durdona To’laganovaning yangi filmi melodrama janrida suratga olingan. Mazkur kinokartinada siz bosh rollarda Yamin hamda Dildora Xoshimovalarni ko’rishingiz mumkin. Filmni suratga olish ishlari O’zbekistonda hamda Janubiy Koreada bo’lib o’tgan. Saytimizni kuzatib borsangiz, yanada batafsil ma’lumotlarni yaqin kunlarda yetkazishga harakat qilamiz.

Zoom in


«Sevadi sevmaydi» filmi katta ekranlarda!!!

Sevadi sevmaydi prem'eraBir necha kun avval saytimiz orqali rejissor Ozod Shamsning yana bir yangi kinokomediyasi katta ekran yuzini ko’rishi haqida xabar bergan edik. Mana o’sha kunlar ham yetib keldi. Bugun, 10-yanvar sanasida Alisher Navoiy nomli kinoteatrda «Sevadi sevmaydi» filmining prem’erasi bo’lib o’tdi.

Kinoteatr tomoshabinlar bilan to’lib toshdi. So’nggi paytlarda taqdimotlarda aktyorlar ansamblini barchasi jam bo’layotganini deyarli kuzatmay qo’ygan edik. Bugun esa filmda rol ijro etgan, filmni suratga olishda yelib-yugurgan deyarli barcha aktyorlar-u, ijodkorlar katta sahnani to’ldirib turishdi. Bevosita film haqida so’zlaydigan bo’lsak, bir so’z bilan aytganda ko’rishga arizgulik kino! Kinokartina o’z ichiga ham komediyani, ham melodramani, ham dramani qamrab olgan desak, mubolag’a bo’lmasa kerak. Bularning uddasidan chiqqan rejissor Ozod Shamsga esa tasanno!!! Film prodyuseri Ruslan Mirzaev ham kartina ekran yuzini ko’rguniga qadar tinmay yugurdi. Ha shu o’rinda film ssenariy mualliflari Feruza Fattohova hamda Saida Vahobova ekanligini ham aytib o’tish joiz. «Sevadi sevmaydi» filmini omadli chiqishida yana bir insonning xizmati katta — bu Sitora Alimjonova!!! Filmdan-filmga Sitoraning aktyorlik qobiliyatlari ochilib bormoqda. Bu filmda uni mutlaqo kutilmagan holatlarda ham ko’rishingiz mumkin.
Aziz tomoshabin, agarda sizda ham mazkur kartinani tomosha qilish niyati tug’ilgan bo’lsa, ertaga 11-yanvardan hech ikkilanmasdan kinoteart sari shahdam qadam tashlab borishingiz mumkin!!!

Quyida siz azizlar uchun suratga film prem’erasi davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in


Yangi tarona: Shohruhxon — «Parizod»!

ShohruhxonYoshlarning sevimli xonandasi Shohruhxon yana bir yangi taronasini keng ommaga taqdim etmoqda. Navbatdagi xonish aslida bundan bir necha yillar avval dunyoga kelgan bo’lib, uni marhum san’atkor Muhriddin Xoliqov ijro etgan edi. Qaysi qo’shiq deysizmi? Sizlarga juda ham yaxshi tanish bo’lgan qo’shiq!

Ya’ni, Muhriddin Xoliqov ijrosidagi «Parizod» taronasini endi Shohruhxon ijrosida ham tinglashingiz mumkin. Qo’shiqning musiqasi ustida Farruh Badalboev ish olib borgan bo’lsa, musiqiy sayqal muallifi Jasur Badalboev hisoblanadi. Marhamat, quyidagi yo’llanma orqali qo’shiqni ko’chirib olishingiz mumkin. Shuningdek, Shohruhxondan yangi fotojamlanmani ham qarshi olishingiz mumkin!!!

Shohruhxon - Parizod (63)

Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in


Siz kutgan va kutmagan «Darbadar» kelmoqda…

Darbadar afishaO’zbek kinosida doimo bir xil mavzuni kuzatamiz. Sevgi-muhabbat yoki bo’lmasa oilaviy muammolar… Ko’pchilik kino olamida yangilik kutadi. Ana shunday yangilikni kutayotgan va istayotgan kinotomoshabinlar uchun bugun ajoyib yangiligimiz bor!!!

Postanovkachi rejissor Selina Khan tomonidan suratga olingan «Darbadar» nomli jangari sahnaga boy bo’lgan yangi kinokartina sizning diqqatingizni o’ziga tortishi shubhasiz! 22-yanvardan yurtimiz kinoteatrlarida namoyishi boshlanadigan mazkur filmda siz Gulzoda Isroilova, G’olib Xabibullaev, Ravshan Xasanov, Alisher Parmonov, Temur Jo’raev, Mirtohir Mirg’ulomov, Sarvar Siddiqov, Zamira Beshimova va boshqalarni ko’rishingiz mumkin. Ko’rib turganingizdek filmda asosan yangi nomlardan foydalanilgan. Demak, mutlaqo yangilik!!! Odatga ko’ra rejissorlar yangi qiyofalardan ko’ra, ko’proq taniqli yulduzlardan foydalanishga harakat qiladilar. «Darbadar»da esa mutlaqo aksi. Qani ko’ramiz, bu kabi «vabank»ka borish qanday natija ko’rsatar ekan?! Ammo, film treylerini tomosha qilib, yaxshi film chiqqanidan umid qilish mumkin. Filmdagi jangari sahnalar albatta diqqatingizni o’ziga qaratadi. Darvoqe, o’z o’rnida ushbu jangari sahnalarni mohir sport ustasi Sarvar Siddiqov sahnalashtirganligini ta’kidlab o’tish o’rinli. Kinokartinani yanada mukammal chiqishida shuningdek postanovkachi operator Rustam Otabek o’g'li hamda postanovkachi rassom Fazliddin G’ulomovlarning xizmatlari ham singan. «Darbadar» filmi prem’erasi 21-yanvarda bo’lib o’tadi. Shunday ekan, film prem’erasidan fotoreportajni SB.uz portalidan kutishingiz mumkin!

Zoom in
Zoom in


Yangi tarona: Izzat Ibragimov — «Askarlar»!

Izzat IbragimovO’zbek estradasida o’zining ajoyib qo’shiqlari bilan dovrug’ qozongan «Xo’ja» guruhi yakkaxoni Izzat Ibragimov ijodiy faoliyatini tobora shiddat bilan olib bormoqda. Mana bugun SB.uz portali orqali siz azizlar uchun Izzat Ibragimovning yana bir yangi taronasini taqdim etmoqdamiz.

Izzat Ibragimovning navbatdagi qo’shig’i O’zbekiston Respublikasini kechani kecha demay, kunduzni kunduz demay qo’riqlaydigan, yurtimiz posbonlariga, askarlarga bag’ishlangan bo’lib, qo’shiq nomi ham «Askarlar» deb atalgan. Marhamat, ko’chirib oling, tinglang va baho bering!!!

Izzat Ibragimov - Askarlar (30)

Zoom in


«Benom» ilk yakkaxon konsertini taqdim etadi!!!

Benom 2017 konsert reklama«Benom» guruhi a’zolari Sarvar va Komil o’zlarining ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etish arafasida turibdilar. Shu yilning 15-16 fevral kunlari «Istiqlol» san’at saroyida «Benom» guruhining «Bir muhabbat qissasi» nomli ilk yakkaxon konsert dasturlari bo’lib o’tadi.

Sarvar va Komil o’z konsert dasturlari uchun tinimsiz ijod qilishmoqda. Ushbu konsert dasturida guruh a’zolari o’zlarining eng sara va yangi taronalarini ijro etishadi. Kutilgan va o’z o’rnida kutilmagan konsert dasturiga chiptalar soni chegaralangan. Shunday ekan, tezroq harid qilishga oshiqing!

Zoom in
Zoom in


11-yanvardan yurtimiz kinoteatrlarida: «Sevadi sevmaydi»!!!

Sevadi sevmaydiIste’dodli rejissor Ozod Shams bugungi o’zbek kinosining eng faol rejissorlaridan biri, desak hech ham mubolag’a bo’lmasa kerak. Agar xato bo’lmasa yaqin 2 oy ichida Ozod Shams tomonidan suratga olingan 3ta film prem’erasi bo’lib o’tdi. Mana yana Ozod Shamsdan yangi film prem’erasi!!!

Ozod Shamsning navbatdagi kinokartinasi «Sevadi sevmaydi» deb nomlanadi va bu film komediya janrida suratga olingan. «Sevadi sevmaydi» kinokomediyasi prodyuseri Ruslan Mirzaev. Mazkur kartinada siz kino olamining bir qator yulduzlarini ko’rishingiz mumkin. Masalan, Sitora Alimjonova, Murod Rajabov, Saida Rametova, Xosiyat Xusanova, Zuhra Solieva va hing kino yulduzi Borun Sobti. Film prem’erasi 10-yanvarga mo’ljallangan bo’lib, uning keng namoyshi 11-yanvardan boshlanadi.

Zoom in


Tez kunda Umar Shamsievdan yangi klip!

Umar Shamsiev - Mayli-mayliO’zbek estradasining xushovoz xonandasi Umar Shamsiev o’z muxlislari uchun yana yangi sovg’a taqdim etish arafasida turibdi. Yaqindagina Umar Shamsiev o’zining «Mayli-mayli» taronasini FM to’lqinlarida, qolaversa bizning portalimiz orqali ham havola qilgan edi.

Umar Shamsiev aynan mana shu taronaga yangi yil arafasida klip tasvirga tushirdi. Bugun esa mazkur klipni suratga olish jarayonidan sizlarga fotosuratlarni taqdim etishga qaror qildik. Darvoqe, klip yosh klipmeyker Ixtiyor To’laganov boshchiligidagi ijodiy guruh tomonidan suratga tushirildi. Tez orada klipni ham qarshi olish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Quyida siz azizlar uchun suratga olish jarayoni davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in
Zoom in